09:45 / 09.04.2017
5 229

«Chelsi» safarda «Bornmut» ustidan g‘alabaga erishdi


Angliya chempionatining 32-turidan o‘rin olgan «Bornmut» – «Chelsi» uchrashuvi o‘z nihoyasiga etdi. Unda 1:3 hisobi qayd etilib, londonliklarning g‘alabasi bilan tugadi, deb yozadi "Uff.uz".

Uchrashuvning 17-daqiqasida mezbonlar vakili Adam Smit o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ygan bo‘lsa, oradan uch daqiqa o‘tar-o‘tmas Eden Azar hisobni 0:2 ko‘rinishiga keltirdi. Birinchi bo‘lim oxirida «Bornmut» hujumchisi Joshua King hisobni qisqartirishga erishdi. O‘yining 68-daqiqasida Markos Alonso londonliklaring uchinchi goliga mualliflik qildi va o‘yinga mantiqiy nuqta qo‘ydi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng «Chelsi» chempionlik tomon yana katta qadam tashladi, «ko‘klar» musoboqa jadvalida ikkinchi o‘rinda borayotgan «Tottenxem»ni etti ochkoga ortda qoldirmoqdalar.

Angliya chempionati, 32-tur

Bornmut – Chelsi 1:3 (1:2, 0:1)

Gollar: 0:1 – 17, avtogol Smit, 0:2 – 20 Azar, 1:2 – 42 King, 1:3 – 68 Alonso.

Bornmut – Borus, Frensis, Deniels, Kuk, Smit, Arter, Freyzer (Gradel, 84), Uilsher, Pyu (Ayb, 71), King, Afobe (Musse, 77).

Chelsi – Kurtua, Keyxill, Alonso, Aspilikueta, David Luiz, Kante, Matich, Pedro (Villian, 88), Mozes (Zuma, 90), Azar (Fabregas, 84), Diego Kosta.

Ogohlantirishlar: Mozes (8), Arter (38), Kante (58), Pedro (74), Gradel (90).

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Chelsi» safarda «Bornmut» ustidan g‘alabaga erishdi