09:30 / 09.04.2017
4 912

«Bavariya» o‘z maydonida «Borussiya D»ni tor-mor keltirdi


Germaniya chempionatining 28-turidan o‘rin olgan «Bavariya» – «Borussiya» Dortmund uchrashuvi o‘z yakuniga etdi. «Alyans-Arena»da kechgan bahsda myunxenliklar yirik hisobda zafar quchdilar, deb yozadi "Uff.uz".

Uchrashuv debyutidayoq Frank Riberi mezbonlarni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, oradan ko‘p o‘tmay Robert Levandovski hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirdi. 20-daqiqada dortmundliklar himoyachisi Rafael Gerreyru hisobni qichqartirishga erishdi. Biroq ikkinchi bo‘lim boshida Aren Robben jamoasining uchinchi goliga mualliflik qildi. Uchrashuvning 68-daqiqasida Levandovski penaltini aniq bajarib, jamoasining yirik hisobdagi g‘alabasiga o‘z xissasini qo‘shdi.

Shunday qilib «Bavariya» EChL doirasida «Real»ga qarshi kechadigan o‘yin oldidan muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi .

Germaniya chempionati, 28-tur

Bavariya – Borussiya D 4:1

Gollar: 1:0 – 4 Riberi, 2:0 – 10 Levandovski, 2:1 – 20 Gerreyru, 3:1 – 49 Robben, 4:1 – 68, penalti Levandovski.

Bavariya – Ulrayx, Martines (Xummels, 79), Boateng, Alaba, Lam, Xabi Alonso, Vidal, Alkantara, Robben, Riberi (Duglas Kosta, 74), Levandovski (Kimmix, 72).

Borussiya D – Byurki, Ginter, Papastatopulos, Bartra, Gerreyru (Merino, 69), Kastro (Rode, 46), Passlak, Pulishich, Shmelser, Obameyang, Dembele (Mor, 59).

Ogohlantirishlar: Levandovski (24), Passlak (36), Bartra (45), Vidal (63), Byurki (68).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Bavariya» o‘z maydonida «Borussiya D»ni tor-mor keltirdi