17:24 / 09.04.2017
4 083

Arsen Venger: Ba’zan Uolkott jarohat olmasligi uchun ham zaxiraga olyapman

Arsen Venger: Ba’zan Uolkott jarohat olmasligi uchun ham zaxiraga olyapman
«Arsenal» bosh murabbiyi Arsen Venger nima sababdan Teo Uolkottni zaxiraga olayotganini tushuntirdi.

- Uolkott faoliyati davomida barcha qiyinchiliklarni bartaraf etib kelmoqda. U ko‘p bora jiddiy jarohatlarga uchradi, ammo u har doim safga qaytar edi.

Men uni ko‘p bora zaxiraga olaman, ammo bu holat boshqa futbolchilar bilan ham ro‘y bermoqda. Ba’zida Uolkottni zaxiraga olishda taktikani o‘zgartirish zaruriyati ham sabab bo‘ladi, deb yozadi "Uff.uz".

Masalan «Vest Xem»ga qarshi kechagan o‘yinda ham Teoni almashtirdim. O‘yin taqdiri hal bo‘lib ulgurgani bois oxirgi 10-15 daqiqada jarohat olmasligi uchun shunday qarorga keldim, - deydi Venger.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Arsen Venger: Ba’zan Uolkott jarohat olmasligi uchun ham zaxiraga olyapman