12:04 / 10.04.2017
3 151

Dunyoning yarmini chopib o‘tishga qaror qilgan marafonchi O‘zbekistondan ham o‘tadi

Dunyoning yarmini chopib o‘tishga qaror qilgan marafonchi O‘zbekistondan ham o‘tadi
Germaniyalik ultramarafonchi Kay Markus Hamburgdan Shanxayga yo‘l oldi. “Men Germaniyadan Xitoyga qarab chopib ketayotgan o‘sha “ahmoq” odamman”, - deydi u o‘zi haqida, deb yozadi "Kun.uz" nashri.

Start 12 mart kuni berilgan bo‘lib, finish esa 3 noyabrga – 235 kun va 14 491 kilometrdan so‘ng rejalashtirilgan.

Bugun, 10 aprel kuni u Rossiyaga kirib keladi, keyin esa Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston orqali Xitoyga borishni mo‘ljallagan. Nemis sayohatchisining yo‘nalishi qisman Buyuk ipak yo‘lini ham eslatib yuboradi. O‘zbekistonda sayohatchi Nukus, Xiva, Buxoro, Samarqand va Toshkentdan o‘tishi kerak.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu ishni madaniyatlarni yaqinlashtirish maqsadida qilmoqda. Kuch – birlikda ekanini ko‘rsatishga ahd qilgan.

Kay Bavariyada 1972 yilda tug‘ilgan. Bolaligidan suzish, chang‘i sporti, toqqa chiqish bilan shug‘ullangan. Joriy loyihaning umumiy qiymati esa – kamida 300 ming evro.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Dunyoning yarmini chopib o‘tishga qaror qilgan marafonchi O‘zbekistondan ham o‘tadi