08:08 / 12.04.2017
5 314

Bartraning ahvoli haqida oxirgi ma’lumotlar berildi

Bartraning ahvoli haqida oxirgi ma’lumotlar berildi
Dortmundning «Borussiya» jamoasi himoyachisi Mark Bartra klub avtobusi oldida ro‘y bergan portlash vaqtida jiddiy jarohat olmagan, deb yozadi "Kun.uz" nashri.

Marca xabariga ko‘ra, futbolchining bir qo‘li oyna siniqlari tushishi tufayli shikastlangan, unda shuningdek, ruhiy karaxtlik holati kuzatilgan. Shifokorlar uning sog‘ligi uchun jiddiy xavf yo‘qligini aytishgan va unga javob berilgan.

Bugun EChLning chorak finali doirasida «Monako»ga qarshi birinchi uchrashuv oldidan «Borussiya» avtobusi oldida kichik portlash sodir bo‘ldi. Portlash vaqtida jarohatlangan Bartra shifoxonaga olib ketildi.

«Borussiya» - «Monako» uchrashuvi qoldirildi va 12 aprelga ko‘chirildi. Ushbu uchrashuv 12 aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:45da boshlanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bartraning ahvoli haqida oxirgi ma’lumotlar berildi