11:47 / 14.04.2017
5 235

"Paxtakor" Markaziy stadionida katta o‘zgarish bo‘lishi kutilayapti

"Paxtakor" Markaziy stadionida katta o‘zgarish bo‘lishi kutilayapti
"Lokomotiv" bilan o‘yindan keyinoq stadion qayta qurilish yoki rekonstruksiya uchun yopilishi mumkin.
Reja biroz cho‘zilgan taqdirda, klub ikkinchi davrani boshqa stadionda o‘tkazadi. Qurilish qancha davom etishi ma’lum emas. Stadiondan tashqari "Paxtakor" uchun zamonaviy moddiy texnika bazasi ham taqdim etilishi ko‘zda tutilayapti, deb yozadi Championat.aisa sayti.

Loyiha Toshkent shahar hokimiyati bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.

Tez kunda "Paxtakor"ga oid yangi xabarlar chiqadi. Bir paytlar Respublikaning birinchi raqamli jamoasi bo‘lgan klub yana avvalgi mavqeini tiklashni reja qilayapti.

"Xalq jamoasi" atamasi so‘nggi yillarda klub uchun begona bo‘lib borayotgan edi. Yangi bir necha yil uchun tuzilayotgan dastur asosida, klubning yana avvalgi imidjini tiklash, viloyatlarda ham o‘z o‘rniga ega bo‘lib, xalqaro arenalarda munosib ishtirok etishini ta’minlash asosiy vazifa qilib belgilanayapti.

Undan tashqari, ko‘plab futbol tark etgan hududlarda jamoa futbol maktablariga jiddiy e’tibor bergan holda, u erlardagi bolalar futbolini tiklash niyatida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Paxtakor" Markaziy stadionida katta o‘zgarish bo‘lishi kutilayapti