09:37 / 15.04.2017
5 115

Ronaldu nomusga tegish bo‘yicha o‘ziga qo‘yilgan ayblovni rad etdi

Ronaldu nomusga tegish bo‘yicha o‘ziga qo‘yilgan ayblovni rad etdi
"Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu va uning agenti Jorje Mendesh futbolchi 2009 yilda bir qizning nomusiga tekkani haqida paydo bo‘lgan axborotni rad etib chiqdilar. Ronaldu Der Spiegel nemis nashrida chop etilgan bu haqdagi ma’lumotni "jurnalistik fantastika" deb atadi va nashrga qarshi "ixtiyorida bo‘lgan barcha vositalar" bilan qarshi chiqish niyatidaligini aytdi, deb yozadi Kun.uz nashri.

Avvalroq nemis nashri futbolchi vakillari qizning sirni yashirishi uchun unga 375 ming dollar to‘laganlari haqida ma’lum qilgandi.

"Der Spiegel nemis nashri bugun go‘yoki 8 yil avval Krishtianu Ronaldu nomusga tekkani haqidagi maqolani chop etdi. Bu jurnalistik fantastikaning bir qismidir. Ehtimoliy jabrdiyda o‘zini tanitishni va bu voqeani tasdiqlashdan bosh tortmoqda. Maqoladagi butun voqea imzolanmagan hujjatlarga asoslangan. Unda ishtirokchilar tanitilmagan va elektron yozishma Ronaldu manfaatlarini bildirmaydigan advokatlar tomonidan olib borilgan. Ehtimoliy jabrdiyda tomonidan go‘yoki jo‘natilgan maktubni Krishtianu hech qachon olmagan. Nashrdagi axborot yolg‘ondir. Futbolchi nashrga o‘zida mavjud barcha vositalar bilan qarshi chiqmoqchi. Nomusga tegish bo‘yicha ayblovlar jirkanch va sharmandali ayblovlar hisoblanadi va bu yolg‘on jazosiz qolishi mumkin emas", deb aytgan Mendesh.

Avvalroq nemis nashri Ronalduni jinsiy zo‘ravonlik qilishda ayblab chiqdi. Manba bergan xabarga ko‘ra, voqea 2009 yilning 13 iyun kuni Las-Vegasda (Nevada shtati) sodir bo‘lgan. O‘shanda Ronaldu qarindoshlari bilan dam olayotgan bo‘lgan. Nashrda yozilishicha, o‘sha paytda 20 yoshlar atrofida bo‘lgan amerikalik qiz Ronaldu unga jinsiy tajovuz qilganini aytgan.

Ta’kidlanishicha, Ronalduning advokati 2010 yilning 12 yanvarida qizga Ronalduga qo‘ygan aybidan voz kechishi va jim yurishi uchun 375 ming dollar tovon puli to‘lagan.

Ronaldu bunday abylovlarga birinchi marta duch kelayotgani yo‘q. 2005 yilda Ronaldu "Manchester Yunayted" o‘yinchisi bo‘lgan kezlarda, ikki ayolga tegajog‘lik qilish gumoni bilan hibsga olingan va garov puli evaziga qo‘yib yuborilgan. Keyinroq futbolchiga qo‘yilgan barcha ayblovlar undan olib tashlangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ronaldu nomusga tegish bo‘yicha o‘ziga qo‘yilgan ayblovni rad etdi