10:45 / 15.04.2017
4 983

Ingliz klubi muxlislari maydonga o‘yinchoq cho‘chqalarni uloqtirishdi

Ingliz klubi muxlislari maydonga o‘yinchoq cho‘chqalarni uloqtirishdi
Angliya chempionatining 3-divizionida ishtirok etuvchi "Charlton Atletik" futbol klubi muxlislari chempionatning 43-turi doirasida "Koventri Siti"ga qarshi uchrashuv oldidan klub rahbariyatiga qarshi norozilik aksiyasi o‘tkazishdi. Bu haqda BBC Sport nashriga tayanib Kun.uz xabar bermoqda. Aksiyadan olingan video YouTube’da joylashtirildi.

Sevimli klublaridagi vaziyatdan norozi muxlislar uchrashuv oldidan maydonga o‘yinchoq cho‘chqalar uloqtirishdi.

Muxlislarning bu xatti-harakati sababli 1:1 hisobida yakunlangan o‘yinning boshlanishini 10 daqiqaga kechiktirishga to‘g‘ri keldi.

"Koventri" 36 ochko bilan divizionda qolish imkoniyatidan mahrum bo‘ldi, hisobida 51 ochko bo‘lgan "Charlton" esa musobaqa jadvalining 15-pog‘onasini egallamoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ingliz klubi muxlislari maydonga o‘yinchoq cho‘chqalarni uloqtirishdi