14:39 / 15.04.2017
5 523

Xavi «Barselona»ga ayni damda kim etishmayotganini aytdi

Xavi «Barselona»ga ayni damda kim etishmayotganini aytdi
«Barselona» futbol klubi sobiq yarim himoyachisi Xavi Ernandes Kataloniya jamoasi Dani Alvesni sotib yuborib, katta xato qilganini aytdi. Eslatib o‘tamiz, Xavi ayni damda Qatarning «Al-Sadd» jamoasida to‘p surmoqda, Alves esa joriy mavsum avvalida Turinning «Yuventus» klubi safiga borib qo‘shildi, deb yozadi Kun.uz nashri.

«Men Alvesni «Barselona»ga qaytargan bo‘lardim, u jamoaga juda etishmayapti. U «Barselona»ni tark etishga qaror qildi, men uchun esa Dani ayni damda dunyodagi eng kuchli o‘ng qanot himoyachisidir», - deya Xavining so‘zlaridan iqtibos keltiradi Goal internet-portali.

Ma’lumot uchun, «Barselona» EChL chorak finalining birinchi uchrashuvida «Yuventus»ga mehmonda yirik hisobda (0:3) imkoniyatni boy berdi. Javob bahsi 19 aprel kuniga rejalashtirilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Xavi «Barselona»ga ayni damda kim etishmayotganini aytdi