21:36 / 17.04.2017
5 292

Shu kunlarda «Bunyodkor» yangi rahbariyatni tanishtiradi

Shu kunlarda «Bunyodkor» yangi rahbariyatni tanishtiradi
Joriy haftada Toshkentning «Bunyodkor» klubida yangi rahbar tanishtiriladi. Bu haqda Championat.asia sayti xabar tarqatdi.

Mazkur manbaga ko‘ra, 10 yil davomida jamoaga rahbar lavozimlarida ishlagan Baxtiyor Boboyevning klubdagi faoliyati tugagan. Endi mutaxassisning o‘rnini boshqa bir xodim egallaydi. Hozircha bu nomga asosiy davogar sifatida Murod Alievning nomzodi ilgari surilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Murod Aliev jamoaga kelishi mumkinligi, agar u jamoa boshqaruvini qo‘lga olsa, Mirjalol Qosimov ham klubga qaytishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shu kunlarda «Bunyodkor» yangi rahbariyatni tanishtiradi