14:07 / 18.04.2017
5 339

«Real» Levandovskini uch yil avval 20 million evroga sotib olishi mumkin edi

«Real» Levandovskini uch yil avval 20 million evroga sotib olishi mumkin edi
2014 yilda “Bavariya” hujumchisi Robert Levandovski Madridning “Real” klubi futbolchisiga aylanishi mumkin edi.

AS nashrining xabariga ko‘ra, dunyoning eng kuchli hujumchilaridan biri “qirollik klubi” safiga 20 million evro evazigi borib qo‘shilishi kerak edi.

O‘sha vaqtda klub prezidenti Peres Robert bilan transfer borasida kelishgan bo‘lgan, ammo polshalik futbolchi “Bavariya”ga o‘tishga rozilik bildirganini aytib o‘tgan, deb yozadi Uff.uz sayti.

Agar Peres 3 yil avval “Bavariya”ga Levandovski transferi uchun 20 million evro to‘laganda hozirda futbolchi “Real” tarkibida bugun “Bavariya”ga qarshi maydonga tushishi mumkin edi.

Ayrim manbalardagi xabarlarga ko‘ra, Levandovskining transferi Karim Benzema tufayli ham amalga oshmagan bo‘lishi mumkin ekan. “Real” rahbariyati Benzema o‘rnini Levandovski bosa olishiga shubha bilan qaragan degan ehtimollar bor.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Real» Levandovskini uch yil avval 20 million evroga sotib olishi mumkin edi