Qosimov yana “Bunyodkor”da ish boshlashi mumkin

  • 18 aprel 2017, 15:33
  • 3 444
  • Sport
  • Qosimov yana “Bunyodkor”da ish boshlashi mumkin
    Tasdiqlanmagan xabarlarga ko‘ra, Toshkentning “Bunyodkor” klubi rahbariyati va murabbiylar shtabida o‘zgarishlar yuzaga kelishi mumkin.

    Klubning ushbu mavsumdagi qoniqarsiz natijalardan so‘ng, bosh murabbiy Sergey Lushan o‘rniga Mirjalol Qosimov tayinlanishi mumkin. Ma’lumotlarga ko‘ra, ayni paytda yangi murabbiy hamda klub o‘rtasida muzokaralar boshlangan.

    Ta’kidlash lozim, “Bunyodkor” klubi aynan Qosimov bosh murabbiyligida o‘z tarixidagi eng yaxshi natijalarga erishgan. Qosimov boshqaruvida jamoa OChL yarim finaliga yo‘l olgan, shuningdek ikki karra O‘zbekiston chempioni unvonini qo‘lga kiritgan edi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Qosimov yana “Bunyodkor”da ish boshlashi mumkin