02:45 / 20.04.2017
5 150

«Barselona» «Nou Kamp»da «Yuventus» bilan nursiz durang o‘ynab, musobaqa bilan xayrlashdi

«Barselona» «Nou Kamp»da «Yuventus» bilan nursiz durang o‘ynab, musobaqa bilan xayrlashdi
Evropa chempionlar ligasining 1/4 final bosqichi “Barselona” – “Yuventus” jamoalari o‘rtasidaga uchrashuv yakunlandi.

Unda 0:0 hisobi qayd etilib, “Barselona” o‘z maydonida “Yuventus” darvozasini ishg‘ol eta olmadi.

Garchi shu kuni, har ikki jamoada ham gol urish uchun etarli imkoniyatlar kuzatildi, lekin “Nou Kamp”ga yig‘ilgan 100 ming nafar muxlisga bugungi uchrashuvda gol ko‘rish nasib etmadi.

Kataloniyaliklar uchligi Messi, Suares, Neymar har qancha harakat qilishmasin Janluijji qo‘riqlayotgan Buffon darvozasiga yo‘l topa olishmadi.

Ayniqsa o‘yin hushtagi chalinganidan so‘ng stadionga yig‘ilgan va o‘yinni kuzatib borgan oddiy muxlis ketma - ket ikkinchi yil yarim finalga yo‘l ola bilmagan "Barselona"  hujumchisi Neymarning ko‘z yoshlariga ham guvoh bo‘lib olishdi.  

Bugun chin muxlis qalbida futbolda g‘alaba va mag‘lubiyat doim birga yurishi yana bir bor namoyish etib berildi.
Ko‘plab futbol muxlislari qani endi PSJga qarshi uchrashuvdagi mo‘jiza takrorlansa degan o‘y-hayolda o‘yinni tomosha qilishganlari tabiiy, ammo "Yuventus" futbolchilari PSJ yo‘l qo‘ygan xatoni qayta takrorlashmadi.

Turinliklar himoya chizig‘i o‘yinda baquvvat himoyalangani tufayli "Barselona" deyarli golga tortadigan vaziyat yarata olmadi. 
Shu tariqa, alamli bo‘lsada “Barselona” Evropa chempionlar ligasi musobaqasi bilan xayrlashdi.

Evropa chempionlar ligasi, chorak final
Barselona (Ispaniya) – Yuventus (Italiya) 0:0

Barselona – ter Stegen, Umtiti, Pike, Alba, Serdji Roberto (Maskerano, 78), Rakitich (Pako Alkaser, 58), Buskets, Inesta, Neymar, Messi, Suares.
Yuventus – Buffon, Bonuchchi, Aleks Sandro, Dani Alves, Kellini, Xedira, Pyanich, Kuadrado (Lemina, 84), Manjukich, Dibala (Barzali, 75), Iguain.
Ogohlantirishlar: Inesta (41), Neymar (44), Kellini (57), Xedira (64).
Ilk uchrashuv – 0:3

Manba: www.uff.uz   

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Barselona» «Nou Kamp»da «Yuventus» bilan nursiz durang o‘ynab, musobaqa bilan xayrlashdi