11:41 / 20.04.2017
4 795

Raneri "Barselona" davri tugaganini aytdi

Raneri "Barselona" davri tugaganini aytdi
Italiyalik mutaxassis Klaudio Ranerining fikricha, "Barselona"ning Evropa futbolidagi davri o‘tdi. Chempionlar Ligasi chorak finalining javob uchrashuvida kataloniyaliklar "Yuventus"ni enga olmadilar. Uchrashuv 0:0 hisobi bilan yakunlandi. 
Turinda o‘tgan 1-uchrashuvda "Yuve" 3:0 hisobida zafar quchgandi va shu tariqa italyan klubi yarimfinalga yo‘l oldi.
"Manchester Yunayted", "Ayaks", "Yuventus", "Milan", "Inter" davrlari bo‘lgan. So‘ngra "Barselona" va "Real" keldi. Biroq "Barselona" uchun endi hammasi tugadi", deb aytdi Raneri.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Raneri "Barselona" davri tugaganini aytdi