Butunjahon boks seriyasi (WSB)ning VII mavsum «C» guruhida ishtirok etib kelayotgan O‘zbekistonning Uzbek Tigers jamoasi 21 aprelda Rossiyaning Patriot Boxing Team jamoasiga qarshi ringga ko‘tarilib, chorak final masalasini ijobiy hal etdi.
Ma’lumki, Uzbek Tigers jamoasi «C» guruhida Astana Arlans, Patriot Boxing Team va China Dragons jamoalari bilan kuch sinashdi. O‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustalari Astana Arlans va China Dragons jamoalari bilan mehmon-mezbon uslubida kuch sinashib ulgurdi. Bu bahslar natijasiga ko‘ra, O‘zbekiston bokschilari mehmonda mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsa, mezbonda ikki jamoadan ham revansh ola bildi.
21 aprel kuni Xalqaro havaskor bokschilar uyushmasi – AIBA tomonidan o‘tkazilayotgan The World Series Boxing (WSB) - Butunjahon boks seriyalari VII mavsumida ishtirok etayotgan Uzbek Tigers bokschilari «C» guruhidagi so‘nggi uchrashuvini Patriot Boxing Team jamoasiga qarshi o‘tkazdi.
Keyingi bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritib bo‘lgan jamoa Permga ikkinchi tarkibni olib ketdi. Bu tarkib 2:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Musobaqa reglamentiga binoan, bu ko‘rinishdagi hisobni qayd etgan g‘olib jamoaga 3 ochko, mag‘lub jamoaga 1 ochko beriladi. Shunga ko‘ra, bungacha 9 ochko to‘plagan Uzbek Tigers jamoasi rossiyaliklar bilan bir xil ochko to‘plashga erishdi.
Qoidaga muvofiq, guruhlardagi eng yaxshi natija ko‘rsatgan 2 ta uchinchi o‘rinni egallagan jamoa ham keyingi bosqichga chiqishi belgilangan. Shunday qilib, «B» guruhida 11 ochko bilan uchinchi o‘rinni olgan France Fighting Roosters va «C» guruhida 10 ochko bilan uchinchi o‘rinni egallagan Uzbek Tigers jamoasi guruhdan chiqish masalasini hal etdi.
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi