Bugun ”el-klasiko”da kimlar o‘ynamaydi?

  • 23 aprel 2017, 23:10
  • 3 340
  • Sport
  • Bugun ”el-klasiko”da kimlar o‘ynamaydi?
    Bugun, 23 aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 23:45 da «Real» va «Barselona» jamoalari o‘rtasida Ispaniya chempionatining 33-turida klasiko bahsidagi uchrashuv boshlanadi.

    Quyida ushbu bahsda diskvalifikasiya yoki jarohatlar tufayli ishtirok etmasligi aniq bo‘lgan futbolchilar keltirib o‘tiladi.

    «Real»
    Pepe
    Jarohat:
    ko‘krak qafasidagi jarohat
    Qaytish vaqti: may oyi boshi

    Madridliklarning portugaliyalik himoyachisi 9 aprel kuni «Atletiko»ga qarshi o‘yin vaqtida jarohat olgandi. O‘shanda futbolchi 67-daqiqada maydonni tark etgandi va shundan keyin futbol o‘ynamadi. Uning jarohatini tuzatib, safga qaytishi uchun bir oy vaqt ketadi.

    Rafael Varan
    Jarohat: bel qismidagi jarohat
    Qaytish vaqti: Aprel oyi oxiri

    Varanni muntazam jarohatlar ta’qib qilishda davom etmoqda. Fevral oyi oxirida fransuz futbolchi belining o‘ng qismidagi mushaklarni shikastlab olgandi va bir oydan ortiq vaqt davomida futbol o‘ynamadi. U davolanib o‘yinga qaytdi va «Alaves» bilan o‘yinga tushdi. Ammo u bu o‘yinning 11-daqiqasidayoq safdan chiqdi. bu safar belining chap qismidagi jarohatini davolayotgan himoyachi aprel oyi oxirida maydonga qaytishi kutilmoqda.

    Garet Beyl
    Jarohat: Boldir qismidagi shikast
    Qaytish vaqti: yaqin kunlarda

    Uelslik futbolchi «Bavariya»ga qarshi safardagi o‘yin vaqtida jarohatlangan va 60-daqiqada o‘yindan olingandi. Ushbu jarohat tufayli Beyl Primera doirasida «Sporting»ga qarshi va EChLda myunxenliklarga qarshi javob uchrashuvini o‘tkazib yubordi. 20 aprel kuni yarim himoyachi umumiy guruh bilan mashg‘ulotlarda ishtirok etdi, ammo uning klasiko uchrashuvida ishtirok etishi ehtimoldan yiroq.

    «Barselona»
    Aleysh Vidal

    Jarohat: tizza bo‘g‘imi yorilishi
    Qaytish vaqti: iyul oyi oxiri

    Vidal fevral oyida «Alaves»ga qarshi o‘yin vaqtida jiddiy jarohat olgandi. Avvaliga shifokorlar uning oyog‘i singanini aytishdi, keyinchalik esa uning tizza bo‘g‘imida uzilish ro‘y bergani aniqlandi. Uning jarohatdan to‘la tuzalishi uchun 5 oy muddat talab qilinishi aytildi. Mart oyi oxirida Vidal individual dastur bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazishni boshladi.

    Rafinya
    Jarohat: tizza suyaklari ulanmasida jarohat
    Qaytish vaqti: avgust oyi

    Braziliyalik futbolchi «Granada»ga qarshi o‘yin vaqtida jarohatlangandi. Avvaliga u 4 haftaga safdan chiqqani aytildi. Ammo keyinroq uning tizza suyaklari ulanmasidan jiddiy jarohat olgani ma’lum bo‘ldi va u operasiyaga yuborildi. Uning jarohatdan to‘liq sog‘ayib, safga qaytishi uchun 4 oy muddat ketadi. Shu tariqa uning uchun mavsum yakunlandi.

    Neymar
    Diskvalifikasiya: 3 ta o‘yin
    Braziliyalik ushbu futbolchi «Malaga»ga qarshi uchrashuv vaqtida hakam yordamchisiga nisbatan sportga xos bo‘lmagan harakat qo‘llagani uchun 3 o‘yinga diskvalifikasiya qilingandi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Bugun ”el-klasiko”da kimlar o‘ynamaydi?