«Real» bosh murabbiyi Zinedin Zidan Ispaniya chempionatining 33-turidan o‘rin olgan «Barselona»ga qarshi uchrashuv (2:3) borasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi, deb yozadi Kun.uz nashri.
«Real»da xursandchilik qilish uchun sabab yo‘q. Juda ko‘p vaziyatlar yaratdik, ammo o‘yin nazoratini qo‘lga ola bilmadik. Hisob 1:0 bo‘lib turganida ustunlikni qo‘lga olmaganimizda har qanday vaziyat yuzaga kelishi mumkin edi. Natijada xafamiz. 10 kishi bo‘lib ham hisobni tenglashtirganingda, darhol kallani ishlatish kerak va butun jamoa bo‘lib himoyalanish talab etiladi.
Biz uchinchi golni urib, g‘alaba qozonib ketishimiz mumkin deb o‘yladik. Natijada orqa chiziqda «Barselona» juda katta bo‘sh zona qoldirdik va ular bundan foydalanib, g‘alaba qozonib ketishdi.
Agar menda yana bir bor shu uchrashuvni takrorlash imkoniyati bo‘lganda, asosiy tarkib va zaxira bo‘yicha fikrimni o‘zgartirmagan bo‘lardim. Endi yaxshisi kelgusi uchrashuv haqida o‘ylash kerak», — dedi Zidan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi