15:31 / 25.04.2017
4 723

Video: «Lasio» 26 daqiqada «Palermo»ga 5 ta gol urdi

Video: «Lasio» 26 daqiqada «Palermo»ga 5 ta gol urdi
Italiya A Seriyasining 33-turida «Lasio» «Palermo»ni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi. Rimdagi «Olimpiko» stadionida kechgan uchrashuv mezbonlarning 6:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

26-daqiqaga keliboq rimliklar raqiblar darvozasiga 5ta javobsiz gol yo‘llagandi. Chiro Immobile 8- va 9-daqiqalarda aniq harakat qildi, Balde Keyta het-trikni rasmiylashtirdi (21, 24, pen, 26).

Ikkinchi bo‘limda Andrea Rispoli «Palermo» uchun ikkita gol urdi (46, 52), o‘yindagi yakuniy natija «Lasio» futbolchisi Luka Krekko tomonidan 90-daqiqada o‘rnatildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Video: «Lasio» 26 daqiqada «Palermo»ga 5 ta gol urdi