12:41 / 13.06.2015
6 527

«Barselona» chempionlik unvonidan mahrum qilinishi mumkin

«Barselona» chempionlik unvonidan mahrum qilinishi mumkin

“Barselona” klubi joriy mavsumda erishgan chempionlik unvonidan mahrum qilinishi mumkin, deb xabar bermoqda Uff.uz.

Ispaniya chempionatining so‘nggi turidan o‘rin olgan “Barselona” - “Deportivo” uchrashuvi kelishilganlikda gumon qilinmoqda. O‘sha uchrashuvda kataloniyaliklar 2:0 hisobida oldinda bora turib, qisqa vaqt ichida ikkita gol o‘tkazib yuborishgandi.

Ushbu o‘yin natijasi “Barselona” uchun hech qanday ahamiyat kasb etmasdi. “Deportivo” esa mazkur durang evaziga Premerodagi o‘rnini saqlab qolgan.

Agar o‘yin kelishilganligi isbotlansa, “Barselona” chempionlik unvonidan mahrum bo‘ladi. Bu holatda chempionlik 2-o‘rinni egallagan “Real”ga nasib etadi. “Deportivo” esa quyi divizionga ravona bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Barselona» chempionlik unvonidan mahrum qilinishi mumkin