21:52 / 25.04.2017
4 974

Andrey Miklyaev: Himoya chizig‘imiz bugun juda bo‘sh o‘yin namoyish etdi

Andrey Miklyaev: Himoya chizig‘imiz bugun juda bo‘sh o‘yin namoyish etdi
Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqich 5-tur uchrashuvlari doirasida O‘zbekiston chempioni – “Lokomotiv” Saudiya Arabistonining “Al-Tavun” jamoasiga qarshi bahs yuritdi. Gollarga boy kechgan o‘yinda jangovar durang – 4:4 hisobi qayd etildi.

Uchrashuv yakunlangach o‘tkazilgan matbuot anjumanida Andrey Miklyaev quyidagicha fikr bildirib o‘tdi, deb yozadi O‘FF matbuot xizmati.

“Qayd etilgan natijadan umuman mamnun emasmiz. Yigitlar imkon qadar o‘ynashga urinishdi. Biroq himoya biroz pand berdi va kutilmagan gollarni o‘tkazib yubordik. Hisobda oldinda bora turib, gol o‘tkazib yuborish juda alamli. Bugun qilingan shuncha mehnat “osmonga uchdi”. Bizga bugun faqat va faqat g‘alaba zarur edi.

Shu sababli ham endi mazkur o‘yin videolavhasini ko‘rib chiqamiz va qo‘pol xatolar evaziga o‘tkazib yuborilgan gollarni muhokama qilamiz. Himoya chizig‘imiz bugun juda bo‘sh o‘yin namoyish etdi. To‘g‘ri, futbol – jamoaviy o‘yin. Bugun xato hammada bo‘ldi, natijada butun jamoa muhim 3 ochkodan mahrum bo‘ldi.

Shuningdek, o‘yinning eng yaxshi futbolchisi – Marat Bikmaev ham o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“To‘rtta ta gol ursang, ammo g‘alaba qozona olmasang juda-juda alam qilarkan. Boshida yomon o‘ynamadik, nazarimda. Ammo raqib ham gollarimizga gol bilan javob berishni uddaladi. Oxirgi paytlarda birinchi bo‘lib gol urgan o‘yinlarimizda keyinchalik shiddat biroz pasaymoqda va natijada gol o‘tkazib yuboryapmiz. Hayronman, bu nima bilan bog‘liq ekan”, – dedi hujumchi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Andrey Miklyaev: Himoya chizig‘imiz bugun juda bo‘sh o‘yin namoyish etdi