08:42 / 27.04.2017
5 224

Asqar Tolibjonov rahbarligidagi markaz yopilishi mumkin

Asqar Tolibjonov rahbarligidagi markaz yopilishi mumkin
O‘FF qoshidagi terma jamoalar markazi yopilishi mumkin. Bu haqda Kun.uz nashri xabar tarqatdi.

Manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, terma jamoalar markazi tez orada yopiladi va O‘FFga qo‘shib yuborilishi kutilmoqda. Hozircha O‘FF matbuot xizmati bu ma’lumotni na tasdiqlagan va na inkor etgan.

Ma’lumot uchun, Terma jamoalar markazi bugungi kunda O‘FFdan alohida binoda, aniqrog‘i Toshkentda «Jar» sport kompleksida faoliyat olib boradi.

Tashkilotning asosiy vazifalaridan biri O‘zbekistonning asosiy va turli yoshdagi terma jamoalari uchun yig‘inlar, o‘rtoqlik uchrashuvlari va boshqa tashkiliy masalalar bilan ta’minlashga mas’ul sanaladi. Tashkilot bir necha marta O‘zbekiston terma jamoasi uchun kelishgan o‘rtoqlik uchrashuvlarining bekor qilinishi bilan muxlislar tomonidan doimiy tanqid ostiga olib kelinadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Asqar Tolibjonov rahbarligidagi markaz yopilishi mumkin