O‘FF prezidenti Mirabror Usmonov Xose Mariya Mendez bilan uchrashdi

  • 28 aprel 2017, 15:03
  • 3 619
  • Sport
  • O‘FF prezidenti Mirabror Usmonov Xose Mariya Mendez bilan uchrashdi
    Kecha O‘zbekiston futbol Federasiyasi prezidenti Mirabror Usmonov futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy va yoshlar terma jamoalari bosh murabbiyi Xose Mariya Pazos Mendez bilan uchrashdi.
    Ispaniyalik mutaxassis O‘FF binosida Mirabror Zufarovich qabulida bo‘ldi. O‘FF prezidenti Mendezga mamlakatimizda olib borayotgan samarali faoliyati uchun minnatdorchilik bildirdi va unga O‘zbekiston futbol Federasiyasi ko‘krak nishoni va esdalik sovg‘asi topshirdi.

    Ispaniyalik Xose Mariya Pazos Mendez O‘zbekiston terma jamoasini oldin ham boshqargan, uning avvalgi murabbiyligi davrida terma jamoamiz 2012 yilgi Osiyo chempionatida chorak finalga qadar etib borgan edik.

    Murabbiyning mamlakatimizdagi ikkinchi bor faoliyati ancha samarali bo‘ldi. Quyida janob Mendez 2015 yilning mart oyida faoliyatini boshlaganidan keyin erishgan yutuqlarini keltirib o‘tamiz.

    O‘zbekiston milliy terma jamoasi bilan:

    - 2016 yili Toshkentda bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionati finalchisi (10-21 fevral, 2016 yil, Toshkent);
    - 2016 yili Kolumbiyada o‘tkazilgan futzal bo‘yicha Jahon chempionati ishtirokchisi (10 sentyabr - 1 oktyabr, 2016 yil, Kolumbiya).

    "Ardus" jamoasi bilan:

    - O‘zbekiston kubogi sohibi (2015, 2016);
    - O‘zbekiston chempionati kumush medali sohibi (2015-2016, 2016-2017);
    - Assosiasiya kubogi sohibi (2015);
    - O‘zbekiston kubogi finalchisi (2017).

    Ayni paytda futzal bo‘yicha O‘zbekiston U-20 terma jamoasini 16-26 may kunlari tarixda ilk bor o‘tkaziladigan va Tailand mezbonlik qiladigan U-20 Osiyo chempionatiga tayyorlamoqda.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » O‘FF prezidenti Mirabror Usmonov Xose Mariya Mendez bilan uchrashdi