07:47 / 29.04.2017
5 110

Ravshan Ermatov Konfederasiyalar Kubogi–2017 turnirida ishlaydi

Ravshan Ermatov Konfederasiyalar Kubogi–2017 turnirida ishlaydi
O‘zbekistonlik FIFA referisi Ravshan Ermatov JCh–2018 musobaqasidan avval o‘tkaziladigan Konfederasiyalar Kubogi–2017 turnirida videotakrorlar bo‘yicha referi assistenti vazifasini bajaradi.

17 iyundan 2 iyulga qadar davom etadigan mazkur turnirda barcha 6 ta futbol konfederasiyadan jami 36 ta hakam ishlaydi. Ular JCh–2018 da ishlaydigan nomzodlar orasidan FIFA Hakamlar qo‘mitasi tomonidan tanlab olindi.

Hakamlar FIFA tomonidan tashkil etilgan maxsus seminarlarda ishtirok etib, ham nazariy, ham amaliy tayyorlov kurslarini o‘tdi. Nomzodlarni tayyorlashda FIFA Hakamlar qo‘mitasi boshlig‘i Perluiji Kollina va FIFA Hakamlar departamenti rahbari Massimo Buzakka ishtirok etdi.

Konfederasiyalar Kubogi–2017 musobaqasida ishlaydigan barcha hakamlar bilan mazkur havola orqali tanishish mumkin.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ravshan Ermatov Konfederasiyalar Kubogi–2017 turnirida ishlaydi