«Real» o‘z maydonida «Valensiya»ni mag‘lub etdi va birinchi o‘ringa qaytdi

  • 29 aprel 2017, 21:58
  • 3 203
  • Sport
  • «Real» o‘z maydonida «Valensiya»ni mag‘lub etdi va birinchi o‘ringa qaytdi
    Ispaniya chempionatining 35-turidan o‘rin olgan «Real» – «Valensiya» uchrashuvi o‘z nihoyasiga etdi. «Santyago Bernabeu»da bo‘lib o‘tgan uchrashuvda madridliklarning qo‘li baland keldi.

    Uchrashuvning 27–daqiqasida Krishtiano Ronaldu Dani Karvaxalning uzatmasidan so‘ng to‘pni boshi bilan darvozaga joylab qo‘ydi va mezbonlarni oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo‘lim boshida Ronaldu penaltini aniq amalga oshira olmadi.

    82-daqiqada Dani Parexo jarima zarbasidan unumli foydalandi va o‘rtadagi muvozanatni tikladi. Oradan ko‘p o‘tmay Marselo madridliklarga g‘alaba keltirgan gol muallifiga aylandi.

    Ushbu g‘alabadan so‘ng «Real» (81) musoboqa jadvalida «Barselona»ni (78) ortda qolidirib birinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.

    Ispaniya chempionati, 35-tur

    Real – Valensiya 2:1

    Gollar: 1:0 – 27 Ronaldu, 1:1 – 82 Parexo, 2:1 – 86 Marselo.

    Real – Navas, Nacho, Marselo, Karvaxal, Ramos, Modrich, Kazemiro, Kroos, Xames (Asensio, 66), Ronaldu, Benzema (Morata, 72).

    Valensiya – Diego Alves, Garay, Toni Lato (Gayya, 86), Montoyya, Mangalya, Parexo, Soler, Orelyana (Bakkali, 89), Nani (Rodrigo, 70), Santi Mina, Munir.

    Ogohlantirishlar: Parexo (21), Toni Lato (25), Kazemiro (52), Garay (56), Mangalya (64), Morata (77), Modrich (82).

    Manba: www.uff.uz

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » «Real» o‘z maydonida «Valensiya»ni mag‘lub etdi va birinchi o‘ringa qaytdi