Klichkoni enggan Joshua boshqa bir bokschini jangga chorladi

  • 30 aprel 2017, 16:54
  • 4 581
  • Sport
  • Klichkoni enggan Joshua boshqa bir bokschini jangga chorladi
    Ukrainalik bokschi Vladimir Klichkoni mag‘lubiyatga uchratib, superog‘ir vazn toifasida IBF, WBA hamda IBO yo‘nalishlari chempioniga aylangan britaniyalik Entoni Joshua yana bir bor «Uembli» stadionida jang o‘tkazish istagida ekanini ma’lum qildi.

    U jang yakunlangach, o‘ziga so‘z berilganida avvaliga o‘zining yoshlikdagi kumiri bo‘lgan va undan nokautga uchrab mag‘lub bo‘lgan Vladimir Klichkoga hurmat bajo keltirdi.

    «Menga nima deyapsiz? Professional ringdagi 3,5 yillik faoliyatda 19 g‘alaba, bironta mag‘lubiyat yo‘qmi? Men ideal emasman, ammo men o‘z salohiyatimni ishga solib, harakat qilayapman. Men Vladimir Klichkoga cheksiz hurmatimni bildirmoqchiman», — degan Joshua Sky Sports muxbiriga.

    Shundan so‘ng esa u britaniyalik boshqa bir bokschi Tayson Fyurini jangga chorladi. Fyuri 2015 yili ochkolar hisobiga ko‘ra Klichkodan ustun kelgandi.

    «Fyuri, Tayson Fyuri, qayerdasan? Menga boks tushish yoqadi. Sen men haqimda ko‘p gapirgansan. O‘zingni tartibga keltirib olsang, men senga 90 000 muxlis ko‘z o‘ngida ajoyib boks kechasida raqib bo‘lishni taklif etaman. Men sen bilan jang o‘tkazishga tayyorman», — deya qo‘shimcha qildi Joshua.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Klichkoni enggan Joshua boshqa bir bokschini jangga chorladi