21:08 / 30.04.2017
5 007

«Manchester Yunayted» o‘zida «Suonsi»ni enga olmadi

«Manchester Yunayted» o‘zida «Suonsi»ni enga olmadi
Angliya chempionatining 34-turidan o‘rin olgan "Manchester Yunayted" hamda "Suonsi" klublari o‘rtasidagi uchrashuv nihoyasiga etdi.

Unda 1:1 hisobi qayd etildi.

Kutilganidek, jamoalar ilk daqiqalardan boshlab oldinga tashlanishdi. Ikki tarafda ham gol urish imkoni paydo bo‘ldi.

Ammo, birinchi golni Ueyn Runi penaltidan dastlabki bo‘limning qo‘shib berilgan vaqtida urishga muvaffaq bo‘ldi.

Hakam Marsyalga nisbatan ishtilgan qo‘pollik uchun ushbu o‘n bir metrlik nuqtani belgilagandi, lekin keyingi takroriy lavhada penalti bo‘lmagani ma’lum bo‘ldi.

Kichik ustunlikni saqlab turgan "qizil iblislar" yakunda javob golini o‘tkazishga majbur bo‘lishdi.

Standart vaziyatdagi jarima zarbasini Sigurdsson qoyilmaqom tarzda ijro etdi va oradagi farqni yo‘qqa chiqardi.

Shu tariqa Joze Mourinnyu shogidlari bir ochkoga ega bo‘lishdi va kuchli to‘rtikka ilinish imkoniyatlarini paysaytirib yuborishdi.

Angliya chempionati, 35-tur
Manchester Yunayted – Suonsi 1:1
Gollar: 1:0 – 45, penalti Runi, 1:1 – 79 Sigurdsson.
Manchester Yunayted – De Xea, Blind, Bayi (Darmian, 61), Shou (Valensiya, 9), Yang, Lingard, Errera, Kerrik, Reshford, Runi (Mxitaryan, 80), Marsyal.
Suonsi – Fabianski, Noton, Fernandes, Mouson, Kingsli, Ki Son En (Fer, 61), Kerroll, Britton (Montero, 65; Olsson, 72), Sigurdsson, Lorente, Ayyu.
Ogohlantirishlar: Britton (15), Marsyal (18), Lingard (44).

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Manchester Yunayted» o‘zida «Suonsi»ni enga olmadi