22:31 / 30.04.2017
5 617

London derbisida «Tottenxem» o‘z maydonida «Arsenal»ni mag‘lubiyatga uchratdi

London derbisida «Tottenxem» o‘z maydonida «Arsenal»ni mag‘lubiyatga uchratdi
Angliya chempionatining 35-turidan o‘rin olgan "Tottenxem" hamda "Arsenal" klublari o‘rtasidagi uchrashuv nihoyasiga etdi.

Unda 2:0 hisobi qayd etilib, "taqachilar"ning g‘alabasi bilan yakunlandi.

Jamoalar birinchi bo‘limda darvozalar dahlsizligini saqlab qola olishdi. Ikkinchi bo‘limda hujumkor o‘yin davom etdi.

Tinib-tinchimas Dele Alli 55-daqiqada hisobni ochishga erishdi. Oradan uch daqiqa o‘tar-o‘tmas Xarri Keyn penaltidan ikkinchi golni urdi. "Arsenal" qancha harakat qilmasin, javob to‘pini raqib darvozasiga yo‘llay olmadi.

Shu tariqa Pochetino shogirdlari navbatdagi g‘alabani qo‘lga kiritishdi. Venger futbolchilari esa kuchli to‘rtlikka kirish imkoniyatlarini pasaytirib yuborishdi.

Angliya chempionati, 35-tur
Tottenxem – Arsenal 2:0
Gollar: 1:0 – 55 Alli, 2:0 – 58, penalti Keyn.
Tottenxem – Loris, Alderveyreld, Devis, Tripper (Uoker, 88), Vertongen, Eriksen, Vanyama, Dayer, Alli (Sissoko, 90+1), Son Xыn Min (Dembele, 79), Keyn.
Arsenal – Chex, Koselni, Monreal, Gibbs, Gabriel (Belerin, 75), Remzi, Oksleyd-Chemberlen, O‘zil, Jaka (Uelbek, 65), Sanches, Jiru (Uolkott, 81).
Ogohlantirishlar: Gabriel (70), Keyn (72), Jiru (73), Monreal (76).

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » London derbisida «Tottenxem» o‘z maydonida «Arsenal»ni mag‘lubiyatga uchratdi