18:06 / 01.05.2017
6 299

JCh–2018: Eron – O‘zbekiston uchrashuvi qachon boshlanishi aniq bo‘ldi

JCh–2018: Eron – O‘zbekiston uchrashuvi qachon boshlanishi aniq bo‘ldi
2018 yili Rossiyada bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatiga so‘nggi saralash bosqichi “A” guruhi 8-turida O‘zbekiston terma jamoasi safarda Eron bilan bahs olib boradi.

Mazkur uchrashuv 12 iyun kuni Tehrondagi “Ozodi” stadionida o‘tkaziladi. O‘yin mahalliy vaqt bilan 21:15 (Toshkent vaqti bilan 21:45)da boshlanishi belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, JCh–2018 saralashi “A” guruhi 7-turidan keyin Eron 17 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. O‘zbekiston 12 ochko bilan guruhda hozircha 3-pog‘onada bormoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » JCh–2018: Eron – O‘zbekiston uchrashuvi qachon boshlanishi aniq bo‘ldi