18:17 / 01.05.2017
5 780

Murodjon Ahmadaliyev Osiyo chempionatidagi ilk chiqishida raqibini nokaut qildi

Murodjon Ahmadaliev Osiyo chempionatidagi ilk chiqishida raqibini nokaut qildi
“O‘zbekiston” sport majmuasida boks bo‘yicha kattalar o‘rtasida 29-Osiyo chempionatining ikkinchi kungi janglariga start berildi. Unda birinchi bo‘lib 56 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan hamyurtimiz, Rio-2016 bronza medali sovrindori Murodjon Ahmadaliev ringga ko‘tarildi. U turkmanistonlik sportchi Muradov Shodlikmurod imkoniyatini sinab ko‘rdi.

Aytish joizki, u muxlislar murabbiylari ishonchini oqladi va turkmanistonlik bokschiga qarshi jangini muddatidan avval yakunladi. O‘yinning birinchi daqiqasida Murodjon Shodlikmurodni dastlab nokdaunga uchratdi. Keyinroq uchrashuv hakami nokaut deb hisoblashga qaror qildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Murodjon Ahmadaliyev Osiyo chempionatidagi ilk chiqishida raqibini nokaut qildi