22:30 / 01.05.2017
6 156

Isroil Madrimov raqibini 35 soniyada mag‘lub etdi

Isroil Madrimov raqibini 35 soniyada mag‘lub etdi
Foto: Kun.uz

Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan boks bo‘yicha Osiyo chempionatining 75 kg vazn toifasidagi bokschilarning chorak final yo‘llanmasini beruvchi janglari poyoniga etdi. Unda ringga so‘nggi bo‘lib o‘zbekistonlik Isroil Madrimov va falastinlik Abudabat Qosim ko‘tarilishdi.

Hamyurtimiz jang taqdirini birinchi raundda, ya’ni 35 soniyadayoq hal qildi. U falastinlik sportchiga imkoniyat qoldirmadi va uni nokdaun holatiga tushirdi. Referi o‘yinni to‘xtatishga qaror qildi.

Endi u chorak finalda filippinlik Marsial Eumirga qarshi jang olib boradi.

Ushbu jangdan so‘ng ringga 91 kggacha bo‘lgan bokschilar ko‘tarilishadi. Uni hamyurtimiz Sanjar Tursunov va janubiy koreyalik Kim Xyongkyu juftligi boshlab bermoqda.

Manba: Kun.uz


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Isroil Madrimov raqibini 35 soniyada mag‘lub etdi