18:51 / 02.05.2017
5 270

O‘zbekiston terma jamoalar markazi faoliyati tugatildi

O‘zbekiston terma jamoalar markazi faoliyati tugatildi
O‘zbekiston futbol federasiyasi Prezidenti Mirabror Usmonovning buyrug‘iga asosan, O‘zbekiston terma jamoalar markazining faoliyati tugatildi. Bu haqda O‘FF Axborot xizmatiga tayanib Qalampir.uz xabar berdi.

Qayd etilishicha, Terma jamoalar markazi 2009 yilda tashkil qilingan va o‘sha yilning o‘zida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazilgan edi. Markaz rahbari sifatida Asqar Tolibjonov faoliyat ko‘rsatib kelayotgandi.

Ma’lumot uchun, kreditorlarning talablari ko‘rsatilgan arizalar terma jamoalar markazini tugatish haqidagi e’lon chiqqan vaqtdan boshlab 2 oy davomida qabul qilinadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston terma jamoalar markazi faoliyati tugatildi