06:45 / 03.05.2017
5 518

EChL. Ronalduning het-triki «Real»ni finalga yaqinlashtirdi

EChL. Ronalduning het-triki «Real»ni finalga yaqinlashtirdi
Evropa chempionlar ligasining 1/2 finalidan o‘rin olgan dastlabki uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda «Real» hamshaharlari «Atletiko»ni qabul qildi.

Uchrashuvning 10-daqiqasidayoq hisob ochildi. Krishtianu Ronaldu Kazemiro tomonidan etkazib berilgan to‘pni boshi bilan Yan Oblak darvozasi to‘riga aniq joylab qo‘ydi. Shundan so‘ng bir soatdan ortiqroq vaqt mobaynida ikkala jamoa ham gol kirita olmadi. 73-daqiqaga kelib esa «Real» farqni ikkitaga oshirdi. Krishtianu Ronaldu bu safar ham gol mualliflik qildi. 86-daqiqada esa yana Krishtianu uchrashuvdagi uchinchi, butun EChLdagi 103-golini kiritib jamoasiga yirik hisobdagi g‘alabani taqdim etdi.

Javob uchrashuvi 10 may kuni «Visente Kalderon» stadionida bo‘lib o‘tadi. Ikkinchi yarim finalning dastlabki uchrashuvi esa 3 may kuniga belgilangan. Unda «Monako» va «Yuventus» jamoalari ikkinchi finalchi nomini aniqlash uchun maydonga chiqib kelishadi.

Evropa Chempionlar ligasi, 1/2 final
Dastlabki uchrashuv


Real Madrid (Ispaniya) – Atletiko (Ispaniya) 3:0 (1:0)
Gollar: Ronaldu (10, 73, 86).
Real Madrid: Navas, Varan, Marselo, Karvaxal (Nacho, 46), Ramos, Modrich, Kazemiro, Isko (Asensio, 68), Kroos, Benzema (Vaskes, 78), Ronaldu.
Atletiko: Oblak, Godin, Filipe Luis, Savich, Lyuka Ernandes, Saul (Gaytan, 58), Gabi, Koke, Ferreyra Karrasko (Korrea, 68), Grizmann, Gameyro (Torres, 57).
Ogohlantirishlar: Koke (26), Isko (48), Saul (53), Savich (83).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » EChL. Ronalduning het-triki «Real»ni finalga yaqinlashtirdi