06:54 / 03.05.2017
4 932

Mushtlar bilan kelgan sovrin: «Lokomotiv» va «Ural» uchrashuvi ommaviy janjal bilan tugadi

Mushtlar bilan kelgan sovrin: «Lokomotiv» va «Ural» uchrashuvi ommaviy janjal bilan tugadi
Internetda «Ural» va «Lokomotiv» jamoalari futbolchilari o‘rtasida Rossiya Kubogi uchun kechgan bahs yakunida ro‘y bergan ommaviy mushtlashuv tasvirlari paydo bo‘ldi deb xabar berdi Kun nashri.

O‘yinning ikkinchi bo‘limiga qo‘shib berilgan daqiqalar davom etayotgan vaqtda (bu vaqtda moskvaliklar jamoasi 2:0 hisobida oldinda edi) maydonda mushtlashuv boshlanib ketdi.

Keyinroq janjallashayotganlar ajratilgan va hakam asosiy aybdorlarga qizil kartochkalar ko‘rsatgan: «Ural» safidan Artyom Fidler va Edgar Manucharyan, «Lokomotiv» tarkibida Jefferson Farfan va Ari maydondan chetlatilgan.

R-Sport xabariga o‘yin yakunida ikki jamoa muxlislari o‘rtasida ham tribunalarda mojaro ro‘y bergan. Ziddiyat polisiya aralashuvi orqali bartaraf etilgan, jarohatlanganlardan biri shifoxonaga etkazilgan.

Sochidagi «Fisht» stadionida kechgan uchrashuvda moskvaliklar jamoasi ekaterinburgliklar jamoasini 2:0 hisobida mag‘lub etib, Rossiya kubogi egasiga aylandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mushtlar bilan kelgan sovrin: «Lokomotiv» va «Ural» uchrashuvi ommaviy janjal bilan tugadi