Xavi Qatar terma jamoasini boshqarishi mumkin. Keyingi manzil «Barselona»

  • 03 may 2017, 06:56
  • 3 485
  • Sport
  • Xavi Qatar terma jamoasini boshqarishi mumkin. Keyingi manzil «Barselona»
    «Barselona» sobiq futbolchisi, hozirda Qatarning «As-Sadd» klubida to‘p surayotgan Xavi Ernandes 2022 yilda JChda qatnashadigan Qatar terma jamoasiga ustozlik qilishi mumkinligini inkor etmadi. Ispaniya terma jamoasi sobiq futbolchisi o‘zini murabbiylikda ham sinab ko‘rish niyati borligini yana bir bor eslatib o‘tdi.

    «Qatar terma jamoasi bosh murabbiyligi – balki voqealar rivojining davomi bo‘lishi mumkin. Shundan so‘ng «Barselona»ga qaytishni istayman. Kataloniya klubini boshqarish orzuim», — deya Xavining so‘zlarini keltiradi Kun nashri.

    Ma’lumot uchun Xavi «Barselona» futbolchisi sifatida 1998 yildan 2015 yilga qadar jamoa safida to‘p surgan.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Xavi Qatar terma jamoasini boshqarishi mumkin. Keyingi manzil «Barselona»