10:14 / 03.05.2017
7 708

Bugun barcha bokschilarimiz ringga ko‘tariladi. Janglarning boshlanish vaqti ma’lum

Bugun barcha bokschilarimiz ringga ko‘tariladi. Janglarning boshlanish vaqti ma’lum
Bugun Boks bo‘yicha Osiyo chempionatining chorak final janglariga start beriladi, deb yozmoqda Uff.uz sayti.

Ertalabki dasturdagi bahslarni hamyurtimiz Murodjon Axmadaliev butanlik Nima Dorjiga qarshi jang bilan boshlab beradi.

Yana bir hamyurtimiz Sanjar Tursunov esa chorak finaldagi yurishini Qozog‘iston vakili Vasiliy Levitga qarshi jang bilan davom ettiradi. Ushbu jang taxminan 12.00 dan boshlab efirga uzatiladi.

2016 yilda Jahonning eng yaxshi bokschisi deya qayd etilgan Hasanboy Do‘smatov 14.00 da qozog‘istonlik Jomart Erjanga qarshi ringga chiqadi.

Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolarining bugungi janglari vaqti quyidagicha.

11:00. Murodjon Axmadaliev – Nima Dorji (Butan)

12:00. Sanjar Tursunov – Vasiliy Levit (Qozog‘iston)

14:00. Hasanboy Do‘smatov – Jamart Erjan (Qozog‘iston)

15:40. Elnur Abduraimov – Farrand Papendan (Indoneziya)

16:40. Iqboljon Xoldorov – Fun-Min Pan (Xitoy Taypeyi)

17:40. Isroil Madrimov – Eumir Marsial (Filippin)

19:00. Jasurbek Latipov – Kvinder Bisht (Hindiston)

20:00. Shaxram G‘iyosov – Senhyon Li (Janubiy Koreya)

20:40. Bektemir Meliqo‘ziev – Shabbas Negmatulloyev (Tojikiston)

22:00. Baxodir Jalolov – Dohyon Kim (Janubiy Koreya)

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bugun barcha bokschilarimiz ringga ko‘tariladi. Janglarning boshlanish vaqti ma’lum