O‘tgan hafta fors matbuotida Eron terma jamoasi futbolchilari mamlakat futbol federasiyasining xatti-harakatlaridan norozi bo‘layotgani haqida xabarlar e’lon qilindi, deb yozadi “Qalampir.uz” sayti.
Ma’lum bo‘lishicha, Eron futbol rahbarlari futbolchilarga va’da qilingan mukofot pullarini berishni kechiktiryapti. Shu munosabat bilan eronlik futbolchilar O‘zbekistonga qarshi o‘yinda atayin mag‘lubiyatga uchrash variantini ham ko‘rib chiqishmoqda. Ya’ni JCh-2018 chiptasining taqdirini keyingi o‘yinlarga qoldirishmoqchi.
Lekin bu gap-so‘zlarga ishonib, O‘zbekiston milliy terma jamoasi havolanib yoki bamaylixotirlikka berilmasligi kerak. Axir boykot e’lon qilgan jamoani yutish zarur, ular ham maydonga tushishadi-ku baribir.
Eslatib o‘tamiz, mazkur uchrashuv 12 iyun kuni Tehrondagi “Ozodi” stadionida mahalliy vaqt bilan soat 21:15 (Toshkent vaqti bilan 21:45)da boshlanishi belgilangan edi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Nebenzya G‘arbning BMT Xavfsizlik Kengashidagi nutqini ikkiyuzlamachilik paradi deb atadi
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Eronning Isroilga hujumi shunchaki spektakl edimi?..
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Mojarodan so‘ng Ukrainani nima kutayotgani ma’lum bo‘ldi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Xose Venansio Lopes: "Maqsadimiz – Osiyo chempionligini qo‘lga kiritish"