Higuain va Alvesh "Yuventus"ni EChL finaliga yaqinlashtirdi

  • 04 may 2017, 07:47
  • 3 427
  • Sport
  • Higuain va Alvesh "Yuventus"ni EChL finaliga yaqinlashtirdi
    Evropa chempionlar ligasining yarim finalidan o‘rin olgan ikkinchi uchrashuv ham yakunlandi. Unda "Monako" Turinning "Yuventus" klubini qabul qildi.

    Uchrashuvning 29-daqiqasiga kelib Gonsalo Higuain hisobni ochdi. Dani Alveshning tovoni bilan etkazib berilgan zargarona to‘pini darvozaga joylab qo‘ydi. Ikkinchi bo‘limda yana o‘sha Alveshning ajoyib uzatmasini Higuain darvozaga to‘g‘rilab qo‘ydi va natijada mehmonlar ishonchli g‘alabaga erishdi.

    Ushbu g‘alaba "Yuventus"ga javob uchrashuvi oldidan katta ishonch bag‘ishladi va jamoa final sari muhim qadam tashladi. Javob uchrashuvi 9 may kuni Turinda bo‘lib o‘tadi.

    Eslatib o‘tamiz, yarim finalning yana bir uchrashuvida "Real" Madridning boshqa bir jamoasi "Atletiko"ni 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgandi.

    Evropa chempionlar ligasi, 1/2 final

    Monako – Yuventus 0:2 (0:1).
    Gollar: Higuain (29, 59).

    Monako – Subashich, Glik, Sidibe, Fabino, Jemerson, Bakayoko (Moutinyu, 67), Bernardu Silva (Ture, 81), Lemar (Jermen, 67), Dirar, Mbappe, Falkao.
    Yuventus – Buffon, Bonuchchi, Kellini, Aleks Sandro, Bardzali, Pyanich (Lemina, 89), Markizio (Rinkon, 81), Dani Alves, Mandjukich, Higuain (Kuadrado, 77), Dibala.
    Ogohlantirishlar: Bonuchchi (21), Fabino (37), Markizio (58), Kellini (69).

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Higuain va Alvesh "Yuventus"ni EChL finaliga yaqinlashtirdi