11:01 / 04.05.2017
8 146

Klichko-Joshua jangi: ukrainalik bokschi jang davomida operasiya qilindi

Klichko-Joshua jangi: ukrainalik bokschi jang davomida operasiya qilindi
29 dan 30 aprelga o‘tar kechasi o‘ta og‘ir vazn toifasida chempionlik kamari uchun Vladimir Klichko hamda Entoni Joshua ringga ko‘tarilishdi. Jahonning sobiq chempioni 41 yoshli Klichko 11-raundda texnik nokaut bilan og‘ir vazndagi IBF, IBO va WBA Super kamarlari sohibi 27 yoshli angliyalik Entoni Joshuaga mag‘lub bo‘ldi.

Klichko Joshuaga qarshi jangdan so‘ng kiyim almashtirish xonasida boshidan jarrohlik amaliyotini o‘tkazdi. Ukrainalik bokschining chap ko‘zi ostidagi yoriqni plastik jarroh kiyim almashtirish xonasining o‘zidayoq tikib qo‘ydi.

Xabarlarga ko‘ra, 3 santimetrli yarani bokschi jangning 5-raundida Joshuaning kuchli zarbasidan so‘ng orttirib olgan.

Avvaliga Klichkoning katmeni Jeykob Dyuran unga ringning o‘zida yordam ko‘rsatgan. Dunyoning eng kuchli mutaxassisi sportchining jarohati va yaralariga birinchi bo‘lib adrenalin bilan ishlov bergan. Keyinchalik yara ustidan muzli kompress qo‘ygan. Chunki agar Dyuran shu ishni amalga oshirmaganida Klichko jangni davom ettira olmasdi. Qiziqarlisi, Dyuran amaliyotni jang oxirigacha har bir raund to‘xtalishlarida olib bordi.

Jang yakuniga etgach, yaraga ishlov berishda kosmetik jarroh qo‘shildi. Doktor Kristof Kryuss jarrohlik amaliyotini kiyim almashtirish xonasida amalga oshirdi va qoshning yorig‘iga 9 tugun tikkan.

“Jarohat unchalik jiddiy emas, terining ichki qismi tikilmadi. Faqatgina ip bilan tikib qo‘yish kifoya bo‘ldi”, dedi jarroh.

Vitaliy 2003 yil Los-Anjelesda Lennoks Lyuisga qarshi jang o‘tkazganida shifokorlarga qiyin bo‘lgandi. Chunki o‘sha vaqtda jarrohlar 3 joy – ko‘z osti, usti va labga ip tikib chiqishgan, deyiladi xabar yakunida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Klichko-Joshua jangi: ukrainalik bokschi jang davomida operasiya qilindi