19:51 / 05.05.2017
5 325

Bektemir Meliqo‘ziyev raqibini 2 daqiqada mag‘lub qildi

Bektemir Meliqo‘ziev raqibini 2 daqiqada mag‘lub qildi
O‘zining dahshatli zarbalari bilan qit’amizdagi tengsiz bokschi hisoblangan hamyurtimiz Bektemir Meliqo‘ziev Boks bo‘yicha Osiyo chempionatining final jangiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Biroz avval yakuniga etgan 81 kg vazn toifasidagi yarim final jangida xitoylik Huan Jyabinga qarshi ringga ko‘tarilgan bokschimiz raqibini ikki daqiqada mag‘lub etdi. Ketma-ket zarbalarni qabul qilib olgan Chin yurti vakili jangni davom ettira olmadi.

U finalda Nuryadiev Nuryagdi (Turkmaniston) – Aljanov Yerik (Qozog‘iston) bahsida g‘alaba qozongan qozog‘istonlik bokschiga qarshi ringga chiqadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bektemir Meliqo‘ziyev raqibini 2 daqiqada mag‘lub qildi