20:02 / 05.05.2017
6 159

Isroil Madrimov qozog‘istonlik bokschini taslim etdi

Isroil Madrimov qozog‘istonlik bokschini taslim etdi
“World Series of Boxing” janglarida “Uzbek Tigers” jamoasi tarkibida muvaffaqiyatli janglar o‘tkazib kelayotgan Isroil Madrimov Boks bo‘yicha Osiyo chempionatida nimalarga qodir ekanligini yana bir bor isbotladi.

75 kg vazn toifasida biroz avval yakuniga etgan bahsda hamyurtimiz Isroil Madrimov qozog‘istonlik Abilxon Amankulga qarshi ringga ko‘tarildi. Reyting bo‘yicha o‘zidan bir pog‘ona baland bokschiga qarshi kurashgan bokschimiz yakunda g‘alaba qozondi va final yo‘llanmasini hal qildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Isroil Madrimov qozog‘istonlik bokschini taslim etdi