21:00 / 05.05.2017
6 920

Osiyo chempionati: Medal jamg‘arishda o‘zbek bokschilari etakchi

Osiyo chempionati: Medal jamg‘arishda o‘zbek bokschilari etakchi
Toshkent shahridagi "O‘zbekiston" sport majmuasi mezbonlik qilayotgan boks bo‘yicha Osiyo chempionatida o‘zbek bokschilari ketma-ket g‘alabalari bilan muxlisu mutaxassislarni xushnud etmoqda.

Musobaqaning chorak final bellashuvlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan bokschilar chempionlik uchun kurashni davom ettiradi.

Osiyo boks konfederasiyasi Toshkentdagi Osiyo chempionatida sovrinli naqd qilgan terma jamoalar ro‘yxati va ular hisobidagi medallarni sonini e’lon qildi. Qoidaga ko‘ra, musobaqalarida yarim finalda mag‘lub bo‘lgan charm qo‘lqop ustalarining ikkisiga ham bronza medal topshiriladi.

Yarim finallar oldidan medallar soni bo‘yicha vaziyat quyidagicha:

- O‘zbekiston: 9 medal

- Qozog‘iston: 8 medal

- Hindiston va Mo‘g‘uliston: 4 tadan medal

- Xitoy va Janubiy Koreya: 3 tadan medal

- Filippin va Suriya: 2 tadan medal

- Eron, Tojikiston, Iordaniya, Qirg‘iziston va Turkmaniston: 1 tadan medalni naqd qilgan.

Endi ushbu 13 mamlakat vakillari medallar sifatiga aniqlik kiritib oladi.

Manba: Sports.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Osiyo chempionati: Medal jamg‘arishda o‘zbek bokschilari etakchi