15:20 / 06.05.2017
5 872

Osiyo chempionati: Murodjon Ahmadaliyev qit’a chempioni bo‘ldi (Video)

Osiyo chempionati: Murodjon Ahmadaliev qit’a chempioni bo‘ldi (Video)
Toshkentdagi muhtasham “O‘zbekiston” universal sport majmuasida Boks bo‘yicha 29-Osiyo chempionatining final janglari bo‘lib o‘tmoqda. Unda dastlab 56 kg vazn toifasida JCh yo‘llanmasi uchun janglar bo‘lib o‘tdi, deb yozadi Kun.uz sayti.

Nima Dorji (Butan) – Simon Makarave (Indoneziya) va Riomey Tanaka (Yaponiya) – Gaurav Bidhuri (Hindiston) o‘rtasidagi bahslarda indoneziyalik va yaponiyalik bokschilar qo‘li baland kelib, Germaniyada o‘tkaziladigan JCh yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi.

Musobaqaning oltin medali uchun esa ringga o‘zbekistonlik Murodjon Ahmadaliev va xitoylik Jiyavey Jiang ko‘tarilishdi. Qizg‘in kurashlarga boy bo‘lgan kuch sinashuvda o‘zbekistonlik bokschi g‘alaba qozondi. Shunday qilib, Rio-2016 bronza medali, Jahon va Osiyo chempionatlari kumush medali sovrindori Murodjon Ahmadaliev qit’a miqyosida tengsiz ekanini isbotladi.

Kun.uz tahririyati Murodjonni va barcha o‘zbekistonlik boks muxlislarini jamoaning ilk oltin medali bilan qutlaydi hamda boshqa o‘zbekistonlik finalchilarga omad tilaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Osiyo chempionati: Murodjon Ahmadaliyev qit’a chempioni bo‘ldi (Video)