19:58 / 06.05.2017
5 800

O‘zbekiston Jahon chempionatiga 10 nafar bokschisini yuboradi

O‘zbekiston Jahon chempionatiga 10 nafar bokschisini yuboradi
Foto: Kun.uz

“O‘zbekiston” universal sport majmuasida Boks bo‘yicha Osiyo chempionatining final janglari davom etmoqda. Bugungi janglar natijasiga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi Boks bo‘yicha Germaniyada bo‘lib o‘taddigan Jahon Chempionatida to‘liq tarkibda ishtirok etadi, deb yozadi Kun.uz sayti.

Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan Boks bo‘yicha 29-Osiyo chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etib, yarim finalda qozog‘istonlik tajribali bokschi Vasiliy Levitga imkoniyatni boy bergan o‘zbekistonlik bokschi Sanjar Tursunov JCh yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Sanjar eronlik Salar G‘ulomiyga qarshi ringga chiqib, uni mag‘lub etdi.

Eslatib o‘tamiz, Boks bo‘yicha Jahon chempionati Germaniyaning Hamburg shahrida 23 avgustdan – 4 sentyabrgacha bo‘lgan muddatda o‘tkaziladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston Jahon chempionatiga 10 nafar bokschisini yuboradi