16:54 / 07.05.2017
5 298

«Barselona»ni kim boshqarishi aniq bo‘ldi

«Barselona»ni kim boshqarishi aniq bo‘ldi
Foto: twitter.com/@sovsport

«Barselona» vise-prezidenti Jordi Mestre Luis Enrike jamoani tark etgach, uning o‘rnini kim egallashi bo‘yicha savolga javob qaytardi.

«Biz allaqachon jamoani kim boshqarishini aniqlab olganmiz. Faqat Luis Enrikega bo‘lgan hurmatimiz sabab, uni ommaga e’lon qilmayapmiz», – deya Mestrening so‘zlarini keltiradi Kun.uz sayti.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq jamoa bosh murabbiyligi uchun Xuan Karlos Unsue (Enrike yordamchisi), Ernesto Valverde («Atletik»), Ronald Kuman («Everton») va Loran Blan (sobiq «PSJ») nomzodlari ko‘rib chiqilayotgani xabar qilingandi.

«Atletik» bosh murabbiyi Ernesto Valverde esa Bilbaoni mavsum yakuniga etgach, tark etishi va kataloniyaliklar rahbariyatining javobini kutayotgani haqida xabarlar chiqqandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Barselona»ni kim boshqarishi aniq bo‘ldi