17:27 / 07.05.2017
5 242

«Real» braziliyalik yangi iste’dod uchun 61 million evrodan voz kechmoqchi

«Real» braziliyalik yangi iste’dod uchun 61 million evrodan voz kechmoqchi
«Real» klubi «Flamengo» jamoasining 16 yoshli yarim himoyachisi Vinisius Juniorni transfer qilish uchun 61 mln evro sarflashi mumkin. Bu haqda Kun.uz sayti xabar berdi.

Bu braziliyalik yosh iqtidorga «Real»dan tashqari «Barselona» tomonidan ham qiziqish mavjud, kataloniyaliklar uni 25 mln evroga sotib olishga urinib ko‘rishgan, ammo madridliklar klubi taklifi jozibaliroq chiqqan.

Ushbu 16 yoshli futbolchi uchun 45 mln evro berilishi, yana 16 mln evro qo‘shimcha bonuslar sifatida to‘lanishi mumkin.

Futbolchi Madridga 2018 yilda, ya’ni 18 yoshga to‘lganidagina kelishi mumkin.

Vinisius Junior Braziliya terma jamoasi bilan 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida Janubiy Amerika chempioni bo‘lgan. U ushbu turnirda 7 gol urib, turnir to‘purariga aylangan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Real» braziliyalik yangi iste’dod uchun 61 million evrodan voz kechmoqchi