01:39 / 08.05.2017
5 696

APL. Chempionlik kimga nasib etadi?

APL. Chempionlik kimga nasib etadi?
Futbol bo‘yicha “kuchli beshlik” deya nom olgan chempionatlarda 2016-2017 yilgi mavsum tobora poyoniga etib, chempionlik poygasi hal qiluvchi bosqichga kirib ulgurgan. Ushbu chempionatlar doirasida biz sizlar bilan Angliya premer ligasidasidagi chempionlik poygasida kimning imkoniyati yuqoriroq ekanligini tahlil qilib chiqamiz. Demak ayni paytda chempionatda ushbu mavsumda 34 ta uchrashuv o‘tkazib, Londoning Chelsi klubi 81 ochko bilan turnir jadvalining 1-o‘rinida, yana bir London klubi Tottenxem chempionatda ushbu mavsumda 35 ta uchrashuv o‘tkazgan 77 ochko bilan jadvalning 2-o‘rinida turibdi. Jadvalning uchinchi va to‘rtinchi o‘rinlarida chempionatda 35 tadan uchrashuv o‘tkazib, 69 tadan ochko jamg‘argan xolda Manchestr Siti va Liverpul klublari joylashgan. Tabiiy xolda ko‘rinib turibdiki, chempionlik uchun kurash Chelsi va Tottenxem o‘rtasida kechadi. Demak qolgan turlarda ushbu klublar o‘tkazadigan uchrashuvlar taqvimi bilan tanishing:

Tottenxem:

14.05.2017 yil. 37-tur. Tottenxem - Manchestr Yunayted.

18.05.2017 yil. Qoldirilgan 34-tur. Lester Siti - Tottenxem.

21.05.2017 yil. 38-tur. Xall Siti - Tottenxem

Chelsi:

08.05.2017 yil. 37-tur. Chelsi - Midlsbro

12.05.2017 yil. 37-tur. Vest Bromvich - Chelsi

15.05.2017 yil. Qoldirilgan 28-tur. Chelsi - Uotford.

21.05.2017 yil. 38-tur.Chelsi - Sanderlend.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » APL. Chempionlik kimga nasib etadi?