16:55 / 09.05.2017
5 407

Beyl Angliyaga qaytmoqchi

Beyl Angliyaga qaytmoqchi
«Real» hujumchisi Garet Beyl faoliyatini «Manchester Yunayted»da davom ettirishi mumkin. Bu haqda Kun.uz nashri xabar qildi.

Qayd etilishicha, uelslik futbolchi «Manchester Yunayted» ustozi Joze Mourino bilan og‘zaki kelishuvga erishgan.

Beyl «Manchester Yunayted»ga faqat bir shart bilan o‘tadi: jamoa chempionlar ligasiga yo‘llanma olishi kerak.

Bundan oldingi xabarlarda «Real» prezidenti Florentino Peres ko‘p jarohat olayotgan bu futbolchi bilan xayrlashishga tayyorligi haqida aytilgandi.

Joriy mavsumda Beyl jamoaning 26 uchrashuvida qatnashdi va 9 gol urib, 5 golga uzatma berdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Beyl Angliyaga qaytmoqchi