07:49 / 12.05.2017
5 000

«Ayaks» va «MYu» Evropa Ligasida finalida o‘ynaydigan bo‘ldi

«Ayaks» va «MYu» Evropa Ligasida finalida o‘ynaydigan bo‘ldi
Evropa ligasining 1/2 finalidan o‘rin olgan javob uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi va unda finalchilar nomi aniq bo‘ldi.

Fransiyada «Olimpik Lion» Niderlandiyaning «Ayaks» klubini qabul qilib, 1:4 hisobidagi farqni yo‘qqa chiqarishga harakat qilib ko‘rdi. Uchrashuvning 27-daqiqasida Kasper Dolberg mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqqandi. Biroq Aleksandr Lyakazett bir daqiqa ichida ikkita to‘p kiritib jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo‘limda Rashid Gezzal tomonidan kiritilgan gol hisobni 3:1 ko‘rinishiga olib kelgandi, biroq lionliklar boshqasiga kuchi etmadi va «Ayaks» ikki o‘yin natijasiga ko‘ra, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Ikkinchi yarim final uchrashuvida esa «Manchester Yunayted» Ispaniyaning «Selta» klubini qabul qilib, kerakli natijaga erishdi. 17-daqiqada Maruan Fellayni hisobni ochgan bo‘lsa, 85-daqiqada Ronkalya hisobni tenglashtirdi. «Selta» finalga chiqishi uchun bitta gol kiritishi lozim edi. So‘nggi daqiqalarda jamoada buning uchun imkoniyatlar bo‘lgan bo‘lsada, jamoa vaziyatlardan foydalana olmadi va natijada «Manchester Yunayted» finalning ikkinchi jamoasi bo‘ldi.

Endilikda «Ayaks» va «Manchester Yunayted» Evropa ligasi g‘olibligi uchun maydonga tushadi. Uchrashuv 24 may kuni Shvesiya poytaxti Stokholmda bo‘lib o‘tadi.

Evropa Ligasi, 1/2 final
Javob uchrashuvlari


Lion (Fransiya) – Ayaks (Niderlandiya) 3:1 (2:1)
Gollar: Lyakazett (45, penalti, 45+1), Gezzal (81) – Dolberg (27).
Lion: Antoni Lopesh, Nkulu, Morel (Rыbus, 74), Rafael, Diakabi, Valbuena (Gezzal, 77), Gonalon, Korne, Tolisso, Fekir, Lyakazett.
Ayaks: Onana, Sanches, Virgever, Veltman (Tete, 65), Klassen, de Ligt, Shyone (van de Bek, 59), Ziyosh, Yunes (Klyuyvert, 82), Traore, Dolberg.
Ogohlantirishlar: Morel (18), Tolisso (19), Diakabi (49), Veltman (49), Klassen (50), Nkulu (61), Fekir (61), Virgever (68).
Chetlatish: Virgever (84).
Dastlabki uchrashuv – 1:4.

Manchester Yunayted (Angliya) – Selta (Ispaniya) 1:1 (1:0)

Gollar: Fellayni (17) – Ronkalya (85).
Manchester Yunayted: Romero, Valensiya, Bayi, Darmian, Blind, Pogba, Errera, Lingard (Runi, 86), Fellayni, Mxitaryan (Kerrik, 77), Reshford (Smolling, 89).
Selta: Alvares, Kabral, Kastro, Malo, Ronkalya, Radoya (Bongonda, 68), Ernandes, Vass (Xosabed, 46), Sisto (Bovyu, 80), Gvidetti, Aspas.
Ogohlantirishlar: Blind (32), Aspas (66), Errera (81), Kabral (90).
Chetlatishlar: Bayi (87) – Ronkalya (88).
Dastlabki uchrashuv – 1:0.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Ayaks» va «MYu» Evropa Ligasida finalida o‘ynaydigan bo‘ldi