07:17 / 13.05.2017
5 107

Mirjalol Qosimov: “Vaziyatlarni yakunlashimizda mahorat etishmadi”

Mirjalol Qosimov: “Vaziyatlarni yakunlashimizda mahorat etishmadi”
Oliy Liganing 10-turidan o‘rin olgan «Sho‘rtan» – «Bunyodkor» uchrashuvidan (1:0) keyin «qaldirg‘ochlar» ustozi Mirjalol Qosimov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Sho‘rtan»ni g‘alaba bilan tabriklayman. Biroq bugungi ko‘rsatgan o‘yinimiz bilan mag‘lubiyatga loyiq emasdik. Uchrashuv davomida juda ko‘p golli vaziyatlar yaratdik. Biroq ularni yakunlashda mahorat va tajriba etishmadi. Birinchi bo‘limning o‘zidayoq uchta yaqqol golli vaziyat yaratdik. Agar shu imkoniyatlardan unumli foydalanganimizda o‘yin tamomila boshqacha kechardi.

Meni xursand qilgan jihat shu bo‘ldiki, yigitlar hakam xushtagi chalinguncha jon jahdlari bilan kurashishdi. Oldimizda «Paxtakor»ga qarshi o‘yin bor. Bugungi mag‘lubiyatni unutgan holda keyingi bahsga tayyorlanishni boshlaymiz. Jamoamizga g‘oliblik ruhini qaytarishimiz kerak.

Maqsadimiz OChLga beriladigan yo‘llanmalarning birini band etish. Bu kubok bahsi bo‘ladimi yoki chempionatmi, buni farqi yo‘q. Eng muhimi yo‘llanmaning biriga ega chiqish», - deya Qosimovning so‘zlarini keltiradi «Bunyodkor» rasmiy sayti.

Qiziqarli kechgan bahsda mezbonlar Umar Eshmurodovning yagona goli evaziga g‘alaba qozondilar. 15-daqiqada belgilangan jarima zarbasini Otabek Narzullaev amalga oshirdi. Jarima maydonchasi ichiga uzatilgan to‘pni bo‘ydor futbolchi Umar Eshmurodov boshi bilan Murodjon Zuhurov qo‘riqlagan darvozaga joylab qo‘ydi.

Oliy liga-2017, 10-tur
“ShO‘RTAN” – “BUNYoDKOR”1:0 (1:0)
Gol: Umar Eshmurodov 15
“Sho‘rtan”: 1.Eldor Tojiboyev (S), 4.Jamol Otaqulov, 7.Olimjon Karimov, 11.Zafar Polvonov, 14.Umarbek Eshmurodov, 15.Obid Jo‘raboyev, 17.G‘ulom Rahmonov, 19.Ma’rufxon Murodov (29.Qadamboy Nurmetov 70), 22.Siroj Hamroyev, 27.Sardor Sobirxo‘jaev, 77.Otabek Narzullaev (3.Aziz G‘ulomxo‘jaev 78)
Zaxira: 95.Alibek Turobov, 12.Laziz Ubaydullaev, 20.Shahzodbek Xursanov, 23.Yusuf Bo‘riev, 88.Akmal Xolmatov

“Bunyodkor”: 25.Murodjon Zuhurov (S), 2.Rustamjon Ashurmatov, 4.Akramjon Komilov, 7.Dushan Michich (16.Alisher Sanoyev 35), 8.Javlon Ibrohimov, 9.Shahzodbek Nurmatov, 10.Eldor Shomurodov, 17.Dostonbek Hamdamov, 19.Nurillo To‘xtasinov (97.Javohir Esonqulov 68), 21.Dilshod Ahmadaliev, 29.Otabek Shukurov
Zaxira: 45.Dilshod Hamroyev, 5.Javlon Mirabdullaev, 20.Sardorbek Azimov, 28.Davronbek Umirov, 44.Mirjamol Qosimov

Hakamlar: A.Asimov (Toshkent) – 8,5; R.Serazetdinov (Toshkent) – 8,6; B.Qodirov (Buxoro) – 8,6; E.Tursunov (Buxoro) – 9,0
Nazoratchi: B.Tog‘aev (Toshkent)
O‘zPFL vakili: N.Lutfulin
12 may 2017. G‘uzor. “Sho‘rtan” markaziy stadioni. 3221 tomoshabin

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mirjalol Qosimov: “Vaziyatlarni yakunlashimizda mahorat etishmadi”