21:54 / 13.05.2017
7 060

Samarqanddagi boks kechasida Hasanboy Do‘smatov g‘alaba qozondi

Samarqanddagi boks kechasida Hasanboy Do‘smatov g‘alaba qozondi
Samarqand shahrida Butunjahon boks seriyasi (WSB)ning chorak final bahslarining ilk janglari davom etmoqda. Unda Uzbek Tigers va Cuba Domadores bokschilari o‘zaro kuch sinashmoqda, deya ma’lum qiladi Kun.uz.

Musobaqa reglamentiga ko‘ra, har bir vazn toifasidagi janglar 3 daqiqadan 5 raund o‘tkaziladi.

Ringga birinchi bo‘lib, Uzbek Tigers jamoasining 49 kg vzn toifasidagi vakili, Rio-2016 va Osiyo chempioni Hasanboy Do‘smatov Cuba Domadores jamoasining Rio-2016 bronza medali sovrindori, jahon chempioni Joxanus Argilagosga qarshi ringga chiqdi.

Hakamlar qaroriga ko‘ra, 2016 yilda dunyoning eng yaxshi bokschisi Hasanboy Do‘smatov g‘alaba qozondi.

Eslatib o‘tamiz, The World Series Boxing – Butunjahon Boks Seriyasi chorak final bahslarida O‘zbekiston sha’nini himoya qilayotgan bokschilar BUKA Boxing Sportswear tomonidan taqdim etilgan kiyimlarda ringga ko‘tarilishmoqda.

Hasanboy g‘alaba muborak!

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Samarqanddagi boks kechasida Hasanboy Do‘smatov g‘alaba qozondi